Gen

Gen (Yun. genos — urug’, kelib chiqish) — irsiyatning elementar bir- ligi va moddiy asosi. G. organizm bel- gi va xususiyatlarini nasldan naslga o’tkazish funktsiyasini bajaradi. G. tu- shunchasini genetikaga daniyalik olim V. Iogansen (1909) kiritgan. G. DNK (ba’zi viruslarda RNK) molekulasi- ning bir qismi bo’lib, tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab beradi va shu oqsillar orqali ayrim belgi yoki xossalarning rivoj- lanishini ta’minlaydi. Organizmning turga xos va individual xususiyatlari to’g’risidagi jami genetik axborot, ya’ni G.lar yigindisi — genotipa» bo’ladi. Barcha organizmlar, jumladan bakteriya va viruslarning irsiyati g.dagi nukle- otidlarning DNKda joylashishi tarti- biga va ularning soniga bog’liq. Yuksak rivojlangan organizmlarda g. maxsus nukleoproteid tuzilmalar — xromo- somalar tarkibiga kiradi. G.ning aso- siy funktsiyasi ferment va b. oqsillar sintezini hujayra RNKsi ishtirokida belgilab berishdir. Uning bu funktsi- yasi kimyoviy tuzilishiga boglik. G.ning tuzilishi o’zgarganda hujayralardagi muayyan biokimyoviy jarayonlar buziladi, natijada mavjud jarayonlar yoki belgi- lar kuchayadi, susayadi yoki yo’qolib keta- Di. Mas, inson ko’zining qora yoki moviy, atirgulning qizil yoki oq rangi, paxta tolasining uzun yoki qisqa bulishi, q.x. hayvonlarining mahsuldorligi va ekin- larning hosildorligi, shuningdek tirik mavjudotlarda boshqa turli morfolo- gik, fiziologik, biokimyoviy belgi va alomatlarning yuzaga kelishi hamda te- gishli xususiyatlarga ega bo’lishi maxsus G.larning ta’siriga bog’liq. Organizmda belgilar ko’p, ularning rivojlanishini ta’min etuvchi g.lar soni yanada ko’p, chun- ki aksariyat belgilarning rivojlanishi- ni ko’p g.lar ta’min etadi. Mas, insonda 10000 ga yaqin g. mavjud. G. mutasiyalar natijasida o’zgarishi mumkin. Bir juft nukleotidning boshqa bir juft nukle- otid b-n almashinishi, nukleotidlar- ning kamayishi, ikki baravar ortishi yoki o’rin almashinishi ana shunday uzga- rishga sabab bo’ladi. Mutasiya tufayli organizmlarda fenotipik tafovutlarni keltirib chiqaradigan g., ya’ni allellar paydo buladi, ular o’zining biror ta’- siri jihatidan boshqasiga qaraganda ustun turishi (dominant allel), bi- ror ta’sirotni yuzaga chiqarmaydigan bo’lishi (resessiv allel) mumkin. Ta- biiy sharoitda, inson ishtirokisiz, atrof muhit omillari ta’sirida orga- nizmlarda irsiy o’zgaruvchanlik, ya’ni spontan mutasiya kelib chiqadi. Bunday irsiy o’zgaruvchanlik organizmlar EVO- lyusiyasi jarayoni uchun manba bo’ladi. Sun’iy sharoitda radiasiya nurlari va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish usu- li b-n irsiy o’zgaruvchanlikni tezroq va ko’plab olish mumkin. Mutagenezning bu xilini eksperimental yoki induktsion mutagenez deb ataladi. Uning kashf eti- lishi genetikaning muhim yutug’i bo’lib, selektsiyada katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Organizm va hujayraning ir- siy xossalari tegishli g.larga bog’liq. Ular orasidagi munosabatlar juda mu- rakkab bo’lib, bir belgining paydo bu- lishiga bir necha g. ta’sir ko’rsatishi (polimeriya) yoki ko’pgina belgilar- ning paydo bo’lishi bitta g.ga bog’liq bo’lishi ham mumkin (yana q. Genetik kod, irsiyatning xromosoma nazariyasi). Ad.: Inge-Vechtomov S. G., Genetika s OS- novami selektsii, M., 1989; To’raqulov yo. H., Molekulyar biologiya, T., 1994. Jo’ra Musaev.