GENDER (JINSIY) TENGSIZLIGI

GENDER (JINSIY) TENGSIZLIGI — iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda erkaklar va ayollar o’rtasidagi tengsizlik. Bu bir xil ishga turlicha ish haqi to’lanishi, ta’lim olishda kam imkoniyatlarga ega bo’lish, yuqori mansablarga ko’tarilish hamda siyosiy hayotda ishtirok etishdagi cheklovlar va boshqalarda namoyon bo’ladi.