GENERAL
GENERAL (lotincha generalis — umumiy, bosh) — qurolli kuchlardagi harbiy unvon (daraja). Dastlab, 16-asrda Frantsiyada joriy qilingan. Rossiyada 17-asrning 2-yarmidan ma’lum. O’zbekiston qurolli Kuchlarida General mayor, General -leytenant, General — polkovnik, armiya Generali kabi Generallik unvonlari belgilangan. Qurolli kuchlar turlari va qo’shin turlarida Generallik unvoniga (armiya Generalidan tashqari) tegishli qo’shin nomi qo’shib ataladi (masalan, artilleriya General mayori).