General-gubernator
General-gubernator (lotincha generalis-umumiy, oliy va gubernator-hukmdor so’zlaridan)-1) 1703-1917 yillarda Rossiya mahalliy ma’muriyatidagi oliy mansab. Uning qo’lida fuqarolik va harbiy hokimiyat bo’lgan. 1775 yili Rossiyada bir yoxud bir necha guberniya yoki viloyat (oblast)lardan tashkil topgan ma’muriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni General-gubernatorlar boshqargan. Masalan, Rossiya Turkistonni bosib olgandan so’ng, Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi General-gubernatori etib K.P. fon Kaufman tayinlangan; 2) Britaniya Hamdo’stligi mamlakatlari tarkibida bo’lib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar)da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs.