Genetik injeneriya
Genetik injeneriya — molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini Ge- netik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga kelti- rish b-n shug’ullanadi. Muayyan organism hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning ma’lum molekulalari b-n biriktirib, hosil bo’lgan duragayni boshqa organism hujayrasiga kiritishga asoslangan. VI- ruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy programmasi- ni maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va mikroorganizmlar, o’simlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, o’simlik navlari va hayvon zotlarining q. x. uchun zarur shakllari- ni yaratish va b. G. i. vazifasidir. AQSh olimi P. Berg xodimlari b-n birga VI- rus va mikroorganizmlar irsiy moleku- lasi qismlarini probirkada ulab, re- kombinant DNK olishi g. i. ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). G. i. umumiy genetika, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, Bioorganik kimyo, mikrobio- logiya, o’simlikshunoslik kabi biologic fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini to’ldirishi tufayli shakllandi. G. i.ning rivojla- Nishida genetik enzimologiya va nukle- in kislotalar kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi ikki xil ferment — restriktsiey endonukleaza va ligazaga bog’liq. Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK moleku- lasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta birlash- tirishda foydalaniladi. G. i.da eng ko’p ishlatiladigan restriktaza (eso Rb) 1971 y.da olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant DNK moleku- lalarini, ya’ni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash Xu- susiyatiga ega DNK halqa molekulala- ri), hattoki plazmida b-n faglar orasi- da duragaylar yoki vektor molekul alar (xo’jayin hujayrada mustaqil qayta ti- klana olish xususiyatiga ega DNK mole- kulasi) olish mumkinligini printsipi- al isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar (shakllangan yadrosi yo’q organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari b-n har xil plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vek- tor molekulalarga eukariot (shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va o’simlik) genlari DNKsini kiritish g. i.ning katta yutug’idir. Natijada hayvon genlarini bakteriya hujayralarida ko’paytirish va ekspressiya qilish (gen- larni klonlash) imkoniyati vujudga keddi. Nihoyat, G. i. b-n hujayra inje- neriyasi yutuqlarining sintezi tufay- li biotexnologiya fani shakllandi. Abdusattor Abdukarimov, Sotiboldi Jataev.