Genetik yuk
Genetik yuk — populyasiya irsiy o’zgaruvchanligining bir xili; tabiiy tanlanish jarayonida nisbatan yaxshi moslashmasdan qirilib ketayotgan in- dividlarning vujudga kelishini ta’- minlaydi. G. yu. mutasion, segregasiey va oraliq xillarga ajratiladi. Mu- tasion yuk populyasiyalarda mutant al- lellarning qayta vujudga kelishi b-n bog’liq. Tabiiy tanlanish tufayli bun- Day allellarning takroran paydo bo’lish imkoniyati katta emas; ular populyasiya- dagi mutasion bosim tufayli mavjud bo’ladi. Resessiv mutasiyalar esa getero- zigota holatda butunlay bosib turiladi yoki juda kucheiz darajada salbiy ta’- sir ko’rsatadi. Segregasion yuk tabiiy tanlanish turli yo’nalishda ta’sir eta- digan holatlarda yuz beradi. Bu esa po- pulyasiyaning yaxshi moslashmagan qismi tarkibiga kiruvchi bitta yoki har ikki gomozigota sinfning ajralib borishi evaziga undagi polimorfizmning turg’un saqlanishiga olib keladi. Bu jarayonda mutasiyaning asosiy qismi geterozigo- ta holatda ijobiy ta’sirga ega bo’ladi va qator avlodlar davomida tanlanish orqali saqlanib qoladi. Oraliq yuk muhit sharoitida biror o’zgarish yuz ber- ganida hamda ilgarigi adaptiv normani ta’minlab turgan allel endilikda sal- biy ta’sirga ega bo’lganda amalga oshadi. Bu xiddagi sharoitlarda mikroevolyusi- yaning oraliq bosqichida har ikkala, ya’ni eski va vujudga kelgan yangi allellar- ning chastotalari ham yuqori bo’ladi. Bu hol polimorfizmni keltirib chiqaradi. Mutasiyalarning zararligi haqidagi tu- shuncha nisbiy ekanligi e’tiborga olin- ganda g. yu. evolyusiyaning genetik re- zervi bo’lib ham hisoblanadi. Bu rezerv populyasiyada yangi moslanish xususiyat- larining kelib chiqishiga olib keluvchi genetik tizimning yaratilishiga xizmat qilishi mumkin.