GEOAKUSTIKA

GEOAKUSTIKA(Geo… va akustika), er akustikasi — akustikaning er qobig’i tuzilishi va xossalarini o’rganish maqsadida elastik to’lqinlarning er qobig’ida tarqalishini o’rganadigan bo’limi. Er ostida sodir bo’ladigan portlash, infratovush va ultrato- vush hodisalarini o’rganadi; zilzila- ni oldindan aytib berish, er yuqori qatlamlarining tuzilishi va xususiyat- larini aniqlash uchun elastik to’lqinlar b-n bog’liq hodisalarni o’rganish (Seys- mik razvedka, seysmik zondlash, seysmik modellash va ultratovush exolokasiyasi) masalalari b-n shug’ullanadi. Seysmik razvedka usuli tovush to’lqinlarining sinish va qaytish xususiyatlariga asos- langan holda er po’stlog’ida foydali qazilma qatlamlarining joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun qo’llaniladi, to’g’on, gidrostantsiya, ko’prik va b. insho- otlar quriladigan joyning qattiqligi va tarkibi haqida zarur ma’lumotlar be- radi. Er qimirlashini oldindan aytib berish uchun seysmik modellashda Ultra- tovushdan foydalaniladi. Shu maqsadda ultratovush seysmoskopi yasalgan; u seysmik masalalarni va ayrim seysmik razvedka masalalarini hal qilishda ishlatiladi. Mas, O’zbekiston FA Me- xanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi in-tida, Seysmologiya in-tida bajariladigan i. t. ishlarida g. metodlaridan keng foydalaniladi.