GEODEZIK BELGILAR

GEODEZIK BELGILAR — joylarda geodezik punktlarni belgilash va mahkamlash uchun quriladigan yer usti inshootlari (ustunlar, piramidalar, yog’och yoki metall moslamalar va boshqalar) hamda yer osti qurilmalari (beton monolitlar va boshqalar). O’lchash ishlarida asbob Geodezik belgilarga qarab vizirlanadi. Teodolit Geodezik belgilar ustiga yerdan ma’lum darajada baland qilib o’rnatiladi. Agar teodolit 10 metrgacha baland o’rnatilishi kerak bo’lsa, unda piramida, undan ham balandda o’lchash ishlari olib boriladigan bo’lsa, murakkab signal tarzida quriladi. Geodezik belgilarning balandligi xaritada gorizontallar yordamida aniqlanadi.