Geodezik tarmoq
Geodezik tarmoq — er yuzasida triangulyasiya, trishterasiya va poligono- metriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi bo’yicha 4 darajaga bo’linadi; tarmoqlari 20-25 m dan bir necha yuz metrgacha bo’lishi mumkin. Asosan uchbur- chak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar b-n belgi- lanadi. Markazlar esa beton, temir-be- ton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2-2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yog’och yoki metalldan piramidalar o’rna-tiladi. G. t. burcha- klari esa aniqteodolitlar b-n o’lchanadi. O’lchash aniqligi (0,7) dan 2″ gacha, ba’zi hollarda aniqlik bundan ham yuqoriroq bo’lishi mumkin. G. t. nuqtalarining koordinatalari geodezik va astrono- mik o’lchashlardan, balandliklari esa boshlang’ich deb olingan dengiz sathiga nisbatan nivelirlanib topiladi. G. t. Er sun’iy yo’ldoshi texnologiyasi asosida barpo etilmoqda.