Geofizika
Geofizika — er sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni o’rganadigan fanlar maj- mui. Uchta katta bo’lim: er fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasi- dan iborat. G.ning xususiy usullari xilma-xil bo’lib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini o’rganish b-n bir-biridan farq qiladi. G.ning bevosita erni o’rganish b-n shug’ullanadigan qismi amaliy va umu- miy bo’limlardan iborat. Amaliy G.ga elektr razvedka, seysmik razvedka, gra- vimetrik razvedka, magnit-razvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga karatilgan. Umumiy G. esa erning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar va jarayonlarni o’rganadi. Umuman G.ning ayrim sohalari b-n ilmiy nuqtai nazardan shug’ullanish 16-a. oxir- laridan boshlangan. 19-a. o’rtalarida g. mustaqil fanga aylandi, 20-a. 40-60- y.lariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. O’zbekistonda G.ning Vu- judga kelishi 1867-70 y.larda Toshkent- da fizik rasadxona ochilishi b-n bosh- landi. Geomagnit o’lchashlar 1871 y.dan marshrutlar bo’ylab o’tkazilgan, 1877 y.dan esa muntazam ravishda rasadxona- da olib borilgan. 1901 y.da Toshkent- da O’rta Osiyoda birinchi seysmik st-ya ochildi, 1928 y.da magnit rasadxona tash- kil etildi. 1930-40 y.larda O’zbekistan barcha hududlarining magnitometrik va gravimetrik xaritalari tuzildi. Atmosfera fizikasi sohasidagi dast- labki muhim natijalar 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera tsirkulyasiyasi, tsiklonlar- ning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-a. 40-y.lari o’rtalaridan boshlab g.ga doyr ishlar kompleks ri- vojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar o’rganildi (yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning o’rganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Farg’ona va Surxondaryo vodiy- larida qimmatbaho qazilma boylik kon- lari aniqlandi. 40-y.lar oxiridan bosh- lab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qo’llab izlanishlar o’tkazildi. 50-y.lar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usu- li ishlab chiqildi va O’rta Osiyoning ko’p qismida shu usuldan keng foydalanil- Di. 50-60-y.lar o’rtalarida neft va gaz konlarini izlash b-n birga chuqur Parma- lash loyihalari tayyorlandi (B. B. Tal- Virskiy, I. S. Volvovskiy, A. M. Kol- Pakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va b.). Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Er sun’iy yo’ldoshlarining uchirili — shi g. fanining jadal rivojlanishi- ga sabab bo’ldi. Geofizik tadqiqotlar geofizik hodisalarni bevosita kuza- tishlar natijalariga asoslanib, Max- sus asbob va usullardan foydalanib bajariladi. Bunday ishlar Gidrome- teorologiya st-ya tarmoqlari, g. rasad- xonalari, magnit rasadxona, er sun’- iy yo’ldoshlarini kuzatish punktlari, seysmik st-yalar va b.da olib boriladi. 60-y.lardan boshlab g.ning seysmo- logik, paleomagnetizm va b. usullari qo’llanib, O’zbekistonni seysmik xav- flilik jihatidan r-nlashtirish, er po’sti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natija- da geologik, tektonik va b. ma’lumotlar- ni ham tahlil qilib, O’zbekistonning seysmik r-nlashtirilgan xaritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur xari- talardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan me’yoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda. 1966 y. 26 apr.da yuz bergan Toshkent zil- zilasidan so’ng g.ning ayrim usullari O’zbekistonda keng miqyosda qo’llanila boshladi. Jumladan, Toshkent, Farg’ona, Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmo- logik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar b-n zilzilalar- ni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi bo’yicha izlanishlar olib borildi. Er po’stidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va Atmosfe- radagi ionosfera tok qatlamlarining holatini o’rganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini echish yo’lida qo’llanila boshladi. Ushbu so’nggi ikki usul zilzilalarni oldindan bi- lish maqsadida dastlab O’zbekistonda qo’llanildi. G.da bu yo’nalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan yangi natijalar olindi. Jumladan, er mag- nit maydonida kuzatilgan o’zgarishlar orqali 1978 y. 2 noyabrdagi olay, 1982 y. 6 maydagi Chimyon, elektromagnit im- puls larining o’zgarishi bo’yicha esa 1976 y. 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 y. 18 Fev.dagi Pop zilzi- lalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi. Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan il- miy-amaliy yutuqlar bo’ldi (F. O. Mavlo- Nov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). G.ning seysmologik, elektrometrik, Geo- logik, gidrogeologik usullarning maj- mui asosida 1966— 98 y.larda Toshkent, Andijon, Farg’ona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish ob’ektlari uchun mikrorayon- lashtirish xaritalari yaratildi va xalq xo’jaligiga qo’llash uchun joriy etildi. 1970 y.dan boshlab er po’sti va yuqori man- tiyasini urganishda chuqur seysmik zona- lash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usulla- ridan foydalanildi (E. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. E. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga kel- tiradigan to’lqinlarni yalpi qayd qilish usuli b-n Pomir — Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari b-n hamkorlikda i.t. ishlari olib borildi (I. H. Hamroboev, E. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov). Er po’stining har xil chuqurliklarida ro’y beradigan fizik, mexanik jara- yonlarning tabiati murakkab ekanligi eksperimental g.ni tashkil qilish va rivojlantirishga sabab bo’ldi. Xusu- san. tog’jinslari namunalarining mag- nit, elektr, to’lqin o’tkazish va b. fizik xususiyatlari lab. sharoitida har xil bosim va t-ra ta’sirida o’rganildi (M. X. Boqiev, S. X. Maqsudov va b.). Olin- gan natijalar kuchli zilzilalar tabi- atini aniqlash, ularning tayyorlanish jarayoni nazariyasini yaratish va zilzi- lalarning magnit, elektr, elektromag- nit maydonlarda paydo bo’lgan Darakchi- larini tahlil qilishda foydalanildi. O’zbekistonda G.ga doir i.t. ishlari O’zR Geologiya va mineral resurslar qo’mitasi, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Geodeziya, xaritagrafiya va kadastrlar boshqarmasi, «O’zbekneftegaz» xolding korlorasiyasi, O’zbekiston FA Geologiya va geofizika va Seysmologiya in-tlari, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekistan milliy un-ti, Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika un-tida olib boriladi. Sobitjon Maqsudov, Husan Otaboev.