Geografik landshaft

Geografik landshaft — er geografik qobig’ining tabiiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan va o’z tabiati b-n boshqa joylardan farq qiladigan qismi. Keng ma’noda geografik yoki ta- biiy hududiy majmua (mas, tayga zona- si, shu zonaning ayrim provintsiyasi yoki rni, botqoqlik hudud va h. k.); ba’zan g. l. terminiga tipologik ma’no ham beri- ladi (tayga landshaf-ti, botqoklik Land- shafti deganda o’z tabiatiga ko’ra o’xshash, lekin bir-biridan uzoqda bo’lgan joy- lar tushuniladi). Tor ma’noda g. l. ke- lib chiqishi va taraqqiyot tarixiga ko’ra bir xil, geologik fundamenta bir butun, relefi bir tipda, iqlimi umumiy, gi- drotermik sharoiti, tuproqlari, biose- nozlari o’xshash bo’lgan muayyan hudud. Shu ma’noda g. l. tabiiy geografik rayon- lashtirish kategoriyalaridan biri. Land- shaftlar haqidagi ta’limotni rivoj- lantirishga L. S. Berg salmoqli hissa qo’shgan g. l.ni o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki kishilik jamiyati- ning xo’jalik faoliyati umuman geogra- FIK muhitda emas, balki muayyan g. l.da o’tadi (q. Madaniy landshaft). Har bir g. l.ning tuzilishini moddalar va energiya almashinishi jarayonlari aniqlaydi.