Geografik qutblar

Geografik qutblar (Shimoliy qutb va Janubiy qutb) — Yer aylanishidan hosil bo`lgan xayoliy o`qning Yer yuzasi bilan kesishgan matematik nuqtalari. Geografik qutblarda yer meridianlarining hammasi tuta- shadi. Unda odatdagi dunyo tomonlari yo`q, kun va tun almashinmaydi. U yerda quyosh yarim yil chiqadi va yarim yil botmaydi. Yer shakli sharga deyarli o`xshash bo`lganidan qutblarga quyosh nuri yotiq tushadi, natijada geografik qutb atrofida juda keng maydonning iqlimi sovuq bo`ladi. Shimoliy geografik Shimoliy Muz okeanining muz bilan qoplangan suvi ustida joylashgan. Shimoliy geografik qutbga birinchi bo`lib amerikalik qutbshunos R. Piri (1909-yil 6-aprel) yetib borgan. Janubiy geografik qutb Antarktida materigining Tinch okean sohiliga yaqin muz qoplami ustidadir, birinchi bo`lib unga norvegiyalik tadqiqotchi R. Amundsen (1911-yil 14-dekabr) borgan.