Geografik xaritalar

Geografik xaritalar — er yuza- sining tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning ma’lum bir vaqtdagi holati umumlashtirib, kichraytirib ko’rsatilgan tekislikdagi tasviri. G. x. uchun xaritagrafik proektsiyalar, shartli belgilar va xaritagrafik gene- ralizasiya (saralash) xos. G. x. o’zining mazmuni, tasviri, ko’rgazmaliligi va zamonaviyligi bo’yicha xari- tagrafik model hisoblanadi. G. x.ning birinchi xususiyati — xarita- grafik proektsiyalar yordamida erdagi va b. sayyoralardagi ob’ektlarning o’rni, planli o’lchamlari va shakli haqida to’g’ri ma’lumotlar olishga imkon beradi. G. x.ning ikkinchi xususiyati — xari- tagrafik belgilardan foydalangan holda: a) er yuzasining biror qismini yoki hammasi (hatto sayyoralardagi) ni masshtab asosida kichraytirib, mas- shtabga to’g’ri kelmaydigan zarur ob’- ektlarni masshtabsiz shartli belgilar b-n tasvirlash mumkin; b) xaritada er yuzasining relefini (mas, gori- zontallar yordamida) tekislikda yoyib ko’rsatish mumkin; v) g. x.da tasvirla- nayotgan voqea va hodisalarning faqat tashqi ko’rinishigina emas, ularning ichki tuzilishi va mazmuni ham tas- virlanadi (mas, dengiz xaritalarida chuqurligi, suvining kimyoviy tarkibi, oqim tezligi, dengiz tubining rele- Fi, flora va faunasi va h. k.); g) sezgi organlari bevosita qabul qilmaydigan hodisalarning tarqalishini va bevosita erishib bo’lmaydigan aloqa va munosa- batlarni ko’rsatish mumkin (mas, magnit strelkasining og’ish burchagini); D) ay- Rim ob’ektlarga xos kam ahamiyatli to- monlari, hodisa va detallarini istisno qilish va ularning umumiy hamda asosiy belgilarini ajratib berish mumkin. G. x.ning ayniqsa uchinchi xususi- yati — tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni tanlash, to’ldirish, ya’ni xaritagrafik saralash (generali- zasiya) va umumlashtirish mumkin. Mazmuniga ko’ra umumgeografik va mav- Zuli (tematik) xaritalarga bo’linadi. Umumgeografik xaritalar masshta- bi bo’yicha — yirik masshtabli, o’rta masshtabli va mayda masshtablilarga bo’linadi. Lekin ular qaysi masshtab- da tasvirlansa ham, ularning mazmuni- ni tashkil etgan elementlarning aso- siylari saklanib qoladi. Bular — suv ob’ektlari, relef, tuproq va o’simlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, aloqa yo’llari va aloqa vositalari, dav- latlar va ulardagi ma’muriy chegaralar hamda ijtimoiy-iqtisodiy element- lar (sanoat, qishloq xo’jaligi va b.)dir. Mavzuli xaritalar birorta mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Mavzu to’liq tas- virlanadi, lekin geografik asosini umumgeografik xaritalarning element- lari tashkil qiladi, ya’ni mavzuga mos qilib geografik asos yaratiladi. Mav- Zuli geografik xaritalar ikki sinf- ga — tabiiy geografik xaritalar va ijtimoiy-iqtisodiy geografik xarita- larga bo’linadi. Tabiiy geografik xa- ritalarga geol., tektonika, geofizika, seysmologiya, er osti suvlari (gidrogeo- logiya), geomorfologiya, iklim, gidrolo- giya, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi, ekologiya va b. sohalarga bag’ishlangan xaritalar kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarga aholi va demografiya, sa- noat, q. x., transport, maishiy xizmat, atrof muhitni muhofaza qilish, siyo- siyma’muriy xaritalar va h. k. kiradi. G. x. tasvirlangan xududiga kura, dunyo, materik, okean, alohida mamlakatlar, regionlar, viloyat va tuman xaritala- riga bo’linadi. Vazifasiga ko’ra, Max- sus xaritalar (o’quv, turistik, navi-gasiya, loyiha va h. k.)ga ajratiladi. Mavzusi tor xaritalarga soha xari- talari (mas, iqlimning bir sohasiga bag’ishlangan xaritalar), iqlimga to’la xarakteristika berilgan bulsa umumiy iklim xaritalari deyiladi. Xaritalarda tasvirlanayotgan mazmun ko’p ma’lumotli bo’lib, ular orasidagi o’zaro bog’liqlikni tasvirlab, ulardagi qonuniyatlarni ochib bersa kompleks xaritalar deb ataladi. Tabiatiing ayrim elementlari (mas, shamollar), muayyan joyning aholisi (mas, tug’ilish), iqtisodiyoti (mas, pax- ta hosildorligi) va madaniyati (mas, teatrlar), ularning xususiyatlari va alomatlari ko’rsatilsa analitik xari- talar deyiladi. Bir qancha sohalarni qo’shib, ko’p mazmun bitta xaritada tas- virlansa sintetik xaritalar deyiladi. G. x. ichida ijtimoiy-iqtisodiy xari- talar nisbatan keng rivojlanayotgan soha. Ushbu yo’nalishning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-iqtisodiy omillar rolining oshib borishi, iqtisodiy va ijtimo- iy jarayonlarda hududiy farqlarning kuchayib borishi b-n bevosita bog’liq. Dinamik ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni, ularning hududiy farqlarini chuqur tahlil etish zarura- ti xaritagrafiya fanidan tadqiqotni kengaytirishni, yangi o’ziga xos ob’ekt- larni va nisbatan murakkab jaraenlar- ni qo’shishni talab etadi. Mas, qo’shma korxonalar, aktsionerlik jamiyatlari, fermer xo’jaliklar, firmalar va b. G. x. ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ob’ektlarning joylanishi, ijtimo- iy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettirib- gina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Buning aso- sida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni milliy va turli hududiy miqyoslarda bashoratlashtirish, reja- lashtirish va boshqarishning mustahkam ilmiy-metodologik asoslarini tayyor- lash mumkin. Shu nuqtai nazardan yangi tipdagi xaritalar yaratishni davr taqozo qilmoqda (mas, bashorat qilish, baholash, rejalashtirish, loyihalash va b. xarita- lar). O’zRda shu sohaga bag’ishlangan xari- talar tuzish ustida ish olib borilmoqda. Ad.: Mirzaliev T. M., Problemi kom- pleksnogo i tematicheskogo karto- grafirovaniya O’zbekistana, T., 1987. Turgunboy Mirzaliev.