Geografik zonallik

Geografik zonallik — er Geo- grafik (landshaft) qobig’ining diffe- rentsiasiya qonuniyati. G. z. turli Land- shaft tiplarining qutbdan ekvatorga tomon almashinib, turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va zona- chalar hosil bo’lishida o’z aksini top- gan (q. Tabiiy geografik zonalar). Ular birinchi navbatda geografik kenglikka bog’liq ravishda er yuzasiga tushayotgan quyoshning nurli energiyasi miqdorining o’zgarishiga bog’liq. G. z. iqlimiy, gidro- logik, geokimyoviy va geomorfologik ja- rayonlarga, tuproq va o’simlik qoplamiga va hayvonot dunyosiga, qisman cho’kindi jinslar hosil bo’lishi kabi ko’pchilik komponentlar va tabiiy-hududiy majmu- alarga xos. Ekvatordan qutblarga tusha- yotgan quyosh nurlari burchagining kamay- ishi kenglik radiasion mintaqalarni — issiq mintaqa, 2 mo»tadil va 2 sovuq mintaqani vujudga keltiradi. Har bir geografik mintaqa va sektorga zonalar to’plami va ularning izchilligi xos. G. z.ning yirik tabiiy majmualari asosiy differentsiasiyasi qonuniyat sifatida dastlab 1898 y. V. V. Dokuchaev tomoni- dan aniqlandi.