Geografik nomlar

Geografik nomlar, toponim- lar — er yuzasidagi geografik ob’ekt- larning atoqli nomlari. Toponimlar orasida hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orol bo’yi), suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amuda- ryo), relef — oronimlar (Zarkosa tog’i, Kamchik dovoni), aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent sh., Samarkand sh., Go’zalkent qishlog’i) va b. nomlar farq qilinadi. G. n. vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzi- lishiga ko’ra bir-biridan fark qilgani holda juda barqarordir. G. n.da geogra- FIK sharoitlar, tarix, til, madaniyat, TSI- vilizasiya va b. omillar aks etgan bo’ladi. G. n.ni toponimika tadqiq qiladi. Ad.: Hasanov H. H., Er tili, T., 1977; Hasanov H . H.., O’rta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965; Qoraev S, Geografik nomlar ma’nosi, T., 1978.