Geoid

Geoid (Geo… va Yun. eidos — ko’rinish) — okean suvlari tinch va muvo- zanatda turgan paytda yuzasini quruqlik tagidan fikran davom ettirishdan hosil bo’lgan er shakli. G. sirti er yuzasining har bir nuqtasida shovun chiziqqa Per- pendikulyar bo’ladi. G. ustidagi quruqlik massasining tuzilishi va zichligini bilmay turib g. yuzasining shaklini aniqlab bo’lmaydi. Shu bois g. yuzasi o’rniga unga juda yaqin bo’lgan kvazigeoid (soxta geoid, geoidsimon) ishlatiladi. Kvazigeoid yuzasini aniq-lashda g. usti- dagi quruklik massasining zichligini apiqlash shart emas. Bunda yuzalar farqi 2 m dan oshmaydi va geoid yuzasi deb yuri- tiladi.