Geologik s’yomka

Geologik s’yomka — er pusti muayyan qismining geologik tuzilishi va undagi foydali qazilmalarni to- pish va istiqbolini aniqlashning dala geologik tadqiqotlari majmui. G. s. tog’ jinslarining tabiiy ochiq joylarini, tog’inshootlari va burg’i quduqlaridan olingan materiallarni o’rganish, tog’ jinslari, minerallar va toshqotgan hayvon va o’simlik qoldiqlaridan namu- nalar olish, ularni turli tahlillar b-n o’rganish va shular asosida xarita tuzish- ni o’z ichiga oladi. G. eda er yuzasining relefi, geologik tuzilishi, tog’jin- Slarining yoshi, boshlang’ich va keying jarayonlardagi o’zgarishlari, magmatic jinslarning paydo bo’lishi xususiyati o’rganiladi. G. s. dala va kameral ishlar davrlariga bo’linadi. Dala ishlari dav- rida dala geologik xaritasi tuziladi. Hamma kuzatishlar dala kundalik daf- tarida kayd etiladi. Kameral ishlar davrida olingan namunalar lab.da turli usullar b-n tadqiq etiladi. Shu ma’lu- motlar asosida dalada tuzilgan geol. xaritaga aniqliklar kiritiladi va geologik hisobot tuziladi. Quyidagi masshtabda davlat g. s. bajariladi: mayda masshtabli (1:1000000, 1:500000 va undan kichik), o’rta masshtabli (1:200000, 1:100000), yirik masshtabli (1:50000, 1:25000) va mufassal (10000). G. s.ni eng ko’p tarqalganlari marshrutli, maydonli va instrumentaldir. Marshrut- li g. eda joyning ko’p qismi marshrutlar b-n kuzatiladi. Marshrut larni yunali- shi ko’pincha tog’jinslari va tuzilmalar yo’nalishiga ko’ndalang bo’ladi. Maydon- li s’yomkada maydonning hammasi kuza- tish nuqtalari b-n qoplanadi. Asboblar yordamida qilingan g.s. 1:10000 va undan yirikroq masshtabda bajariladi. May- donli s’yomkadan farqi shundaki, Geolo- gik ob’ektlar topografik xaritaga Max- sus asboblar yordamida tushiriladi. Key- ingi vakdda chuqurlik g. s. keng mikyosda rivojlandi. Bunday G. s. Er po’sti qalin qatlamining geologik tuzilishini anik- Dash maqsadida bajariladi. Chuqurlik G. s. geofizik, geokimyoviy metodlar yorda- mida, burg’i qudug’ini kavlash, geomorfo- logik taxdil, aerosuratlarni o’rganish asosida bajariladi. O’zbekiston Respu- blikasi hududida turli masshtabda g. s. bajarilgan (q. Geologik xaritalar). Anvar Jo’liev.