GEOMAGNIT QUTBLAR
GEOMAGNIT QUTBLAR — yer magnit o’qining yer sirti bilan kesishgan nuqtalari. Sirtdan qaraganda, yerni, magnit o’qi yer aylanish o’qi bilan taxminan 11,5° burchak hosil qiladigan bir jinsli magnitlangan shar deb hisoblash mumkin. Geomagnit qutblarda izogon chiziqlar tugun bo’lib yig’iladi. Geografik qutblarga yaqin joylashgani uchun shim. va Janubiy Geomagnit qutblar deyiladi.