GEOMAGNIT QUTBLAR
GEOMAGNIT QUTBLAR — yer magnit o’qining yer sirti bilan kesishgan nuqtalari. Sirtdan qaraganda, yerni, magnit o’qi yer aylanish o’qi bilan taxminan 11,5° burchak hosil qiladigan bir jinsli magnitlangan shar deb hisoblash mumkin. Geomagnit qutblarda izogon chiziqlar tugun bo’lib yig’iladi. Geografik qutblarga yaqin joylashgani uchun shim. va Janubiy Geomagnit qutblar deyiladi.
O‘xshash so‘zlar
- GEOMAGNETIZM
- GEOMAGNIT EKVATOR
- GEOMAGNIT KENGLIK
- Geomagnit ekvator
- Geomagnit qutblar
- GEOMAGNIT MERIDIAN
- Geomagnit kengligi
- Geomagnit meridian











