Geomorlar
Geomorlar (yunoncha geomoroi-ayni ma’nosi yer hissadorlari)-yer egalari. Qadimgi Afina davlatida 3 ijtimoiy tabaqaning ikkinchisi (qolganlari yevpatridlar va demiugrlar). Bunday bo’linishi Tesey nomi bilan bog’lashgan (miloddan avvalgi XIII asr atrofi). Mazkur guruh demiugrlar bilan birgalikda oliy fuqarolik va diniy lavoimlarni egallash huquqidan mahrum edi. Samos orolida atama badavlat va katta ta’sirga ega kishilar mansub bo’lgan oligarxlik partiyani anglatish uchun qo’llanilgan. Sirakuzada ham zodagonlar partiyasi Geomorlar deb atalgan.