Geosferalar

Geosferalar (yunoncha ge — yer va sfera — shar) — geografik qobiqning ayrim qismlari, ya’ni: atmosfera, biosfera, gidrosfera va litosfera (yer po`stining umumlashma nomi). Bu to`rtala geosfera bir butun geotrafik qobiqni hosil qiladi. Geografik qobiqning bir butunligi geosferalar o`rtasidagi uzluksiz modda va energiya almashinuvi orqali amalga oshadi.