Geotermik gradient
Geotermik gradient — har 100 m ga chuqurlashgan sari er po’stidagi tog’ jinslari t-rasining ko’tarilib boradi- gan miqdori. G. g. turli joyda er yuzasi- ning shakli, tog’jinslarining issiqlik o’tkazuvchanligi, er osti suvlarining aylanib yurishi, vulkan o’choqlariga yaqinligi, er po’stida yuz beradigan tur- li kimyoviy reaktsiyalarga ko’ra o’zgaradi. Chuqurlashgan sari t-raning ko’tarilib borish qonuniyati er ka’ridan yuzasi- ga tomon issiqlik oqimi mavjudligi- ni ko’rsatadi. Bu oqimning miqdori g. g.ning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffi- tsienti ko’paytmasiga teng. Ko’pin-cha, g. g. miqdori 0,5 dan 20° gacha o’zgarib, urtacha 3° ga tengdir. Anomal G. g. (30-40°/km va undan ortiq) miqdori Talas—Chatqol— Qurama va Sharqiy Qirg’iziston may- donlariga taalluqli, past g. g. (20-25°/ km) Farg’ona, Norin anomal zonalari, Shim. va O’rta Tyanshanning Markaziy qismlari, Jan. Tyanshanning ba’zi bir qismlariga xos. G. g.ning urtacha miqdori (27— zg/km) Norin botig’ining g’arbiy qismida kuzatilgan.