Gerb
Gerb (polyakcha — «herb», nem. «Erbe» — «meros» so’zidan olingan) — biron- bir mamlakat yoki hududiing siyosiy va ta- rixiy xarakterdagi g’oyalari majmuasi- ni, o’ziga xos tabiiy va xo’jalik xususi- yatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug’va b.ning shajaralarini ifodalov- chi alohida ramziy belgi. G.lar quyidagi tur va toifalarga bo’linadi: davlat G.lari; shahar, viloyat, gubernya va b.ning G.lari; korporasiya (o’rta aerlardagi tsex, gildiya va birodarlik)larning g.lari; urug’larning g.lari. G.lar rangi, shaklla- ri, rasmlari b-n o’zaro farqlanib, Max- sus qoidalarga binoan ishlanadi va Max- sus terminlar b-n tavsiflanadi. G. an- tik davrlarda paydo bo’lgan. Shumer dav- latining g.ida sher boshli burgut, qad. Rim davlati g.ida burgut tasvirlangan. Amir temir davlatining ham g.i bo’lgan. Bu G.da 3 halqa tasvir etilgan bo’lib, bu Amir Temurning 3 iqlimda, ya’ni shim., Jan. va G’arbda hukmron ekaniga ishora- dir. O’rta asrlarda ko’pgina shaharlar o’z G.iga ega bo’lgan. Venesiya G.ida qanotli sher tasvir etilgan. G’arbiy Evropada G.lar urug’, merosxo’rlik belgilari sifa- tida salb yurishlari davri (11-12-a.lar) da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qog’oz pullar, muhrlar, qog’ozlarda G.larning tasviri tushirila boshlandi. G. va ularning tarixi b-n geraldika fani shug’ullanadi (yana q. Davlat gerbi).