Gerbart (Herbart) Iogann Fridrix
Gerbart (Herbart) Iogann Fridrix (1776.4.5, Oldenburg — 1841.14.8, Gyottingen) — nemis faylasufi, psixo- logi, pedagogi. Plyuralizm namoyandasi. Uning fikricha, dunyo o’zgarmas eng oddiy mohiyatlar — «Reallar» dan tuzilgan. G. assosiativ psixologiya tarafdorla- ridan. G. talqinida falsafa — tushun- chalarni ishlab chiqish b-n shug’ullanadi. U bolalar tarbiyasi jarayonini 3 qismga bo’ladi: bolalarni boshqarish, tarbiyaviy ta’lim va axloqiy tarbiya. Uning peda- gogik karashlarida tarbiyaviy ta’lim asosiy o’rinni egallaydi. Psixologiya- ni metafizika, tajriba va mat. ga asos- langan sistematik fan deb hisoblagan. U mavhum tafakkur, hissiy faoliyat, Iroda kabi muammolarning psixologik jihatlarini tadqiq etdi. To’rt bosqich (aniqlik, assosiasiya, tizim, uslub)li ta’lim nazariyasini ilgari surgan. For- mal estetika deb atalmish fan asoschisi (go’zallik manbai — simmetriya, mutano- siblik, marom (ritm) va b.).