GERING (GORINQ) GERMAN

GERING (GORINQ) GERMAN (1893.12.1, «Rozenxeym, Bavariya — 1946.15.10, Nyurnberg) — fashistlar Germaniyasining asosiy harbiy jinoyatchilaridan biri. Fashistlar diktaturasini o’rnatishda faol ishtirok etdi. Aviatsiya vaziri va Prussiya hukumati boshlig’i bo’ldi. 1933 yil Fevralda Reyxstag yong’inini uyushtirgan. Harbiy-havo kuchlari bosh qo’mondoni. Gestapo va konslagerlarni tashkil etish tashabbuskori. Nyurnberg xalqaro sudida o’limga hukm qilingan. O’zini-o’zi o’ldirgan.