Germanlar

Germanlar —mil. AV. 1-a.da Shim. va Boltiq dengizlari oralig’ida, Reyn, Dunay, Visla daryolari bo’ylarida va Jan. Skandinaviyada yashovchi, hind- Evropa til guruhiga mansub qad. qabilalar. G. urug’chilik tuzumida yasha- gan, mil. 1-a.da bu tuzum emirila boshla- gan. G. 4— 6-a.larda xalqlarning buyuk ko’chishida asosiy rol o’ynagan, G’arbiy Rim imperiyasining ko’p qismini bo- sib olgan va bir qancha qirolliklar — vestgotlar, vandallar, ostgotlar, bur- gundlar, franklar, langobardlar kabi qirolliklarni tuzgan. G. hoz. kator G’arbiy Evropa xalqlari: nemislar, gol- landlar, flamandlar, danlar, shvedlar, norveglar va b. etnogenezining asosini tashkil etadi.