Gers, Xers (Hertz) Genrix Rudolf

Gers, Xers (Hertz) Genrix Rudolf (1857.22.2, Gamburg -1894.1.1, Bonn) — nemis fizigi. Elektrodinamika masa- lalari b-n shug’ullangan, birinchi bo’lib elektromagnit to’lqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit to’lqinlar va yorug’lik nurlarining o’zaro o’xshashliklarini isbot kilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. G. tajribalari J. MAK- svell elektromagnit maydon nazariya- sini amalda isbot qildi va ularning amalda qo’llanishini boshlab berdi. U yorug’likning elektr razryadiga bo’lgan ta’sirini payqadi va shu b-n fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib bo- rilishiga sabab bo’ldi. G.ning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elek- trodinamikasidan, Maksvell tenglama- larini tajribada tekshirish va kuch tu- shunchasini e’tiborga olmaydigan mexa- nikani tuzishdan iborat.