GERSHANIK ROMAN VASILEVICH
GERSHANIK ROMAN VASILEVICH [1898.18.2(3.3), Elizavetgrad, hozirgi Kirovograd — 1983.21.3, Moskva] —rus grafik rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab ijod qilgan; respublikaning taniqli kishilari portretlarini yaratgan: «O’zbekistonning mashhur kishilari» (1941-44); «ilg’or paxtakorlar» turkumlari (1957-58); «yosh muallima» (1960-61) va boshqalar. Plakatlar ham ishlagan.