GESSIT
GESSIT (Shveytsariya kimyogari g. Gess nomidan) —mineral. Kimyoviy for- mulasi Ag2Te. Monoklin singoniyali. Yaltirokligi shishasimon, metallsi- mon. Rangi qo’rg’oshinsimon kulrangdan po’latsimongacha. Qattiqligi 2-3. S og’. 8,2-8,4. G. gidrotermal ertomirla- rida hosil bo’ladi. Massiv, zich, zarra- Simon massalar. O’zbekistonda oltin (Qo’shbuloq, Pirmirob, Burgunda) va mis (Qalmoqqir) konlarida topilgan. RF (Oltoy), Ruminiya (Botes), Avstra- liya (Kalgurli), AQSh (Red-Klaud)da bor. Qumush olinadigan ruda.