Geterodin

Geterodin (getero… va Yun. Dynamis — kuch) — kichik quvvatli elektron lampa; yarimo’tkazgichli yuqori chastota generatori. G. ko’p lampali Su- pergeterodin Radiopriyomniklar va radioo’lchash asboblarda yuqori chastota signallarini o’zgartirish uchun ishlati- ladi. Radiopriyomniklar qabul qilgan u yoki bu chastotali tebranishlarni chegara- langan oraliq chastotali tebranishlar- ga o’zgartirib beradi. So’ngra bu oraliq chastotali signallar kuchaytiriladi. G. chegaralangan oraliq chastotali priyom- nikning tuzilishi va sozlash jarayoni- ni soddalashtiradi, katta kuchaytirish koeffisientiga erishish imkonini be- radi, radiopriyomniklarni ancha tako- millashtiradi, ularning sezgirligi va puxtaligini oshiradi (yana q. Elektron lampalar, yarimo’tkazgichli asboblar).