Geterofoniya
Geterofoniya (getero… va Yun. phone — tovush) — musiqa asari tarki- bidagi ovozlarning o’zaro nisbatlari (musiqiy faktura)ga tegishli tushun- cha, ko’p ovozlilik turi. G. biron kuyni badiha usulida bir nechta ovoz (cholg’u) vo- sitasida ijro etilishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda kuy ohangdosh ovozlarda ritmik, intonasion kabi o’zgarishlar b-n bayon etiladi. G. og’zaki an’anada- gi musiqaga, xususan o’zbek an’anaviy musiqa ijrochiligiga xos (mas, dutor yoki tanbur jo’rligida ashula aytish va h.k.), bastakorlik va kompozitorlik ijodida ham qo’llanilmoqda. Yana q. Unison.