GETEROTALLIZM

GETEROTALLIZM (getero… va Yun. thallos — shoxcha, novda, bachki) — vegetativ va generativ organlarining tashqi tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qilmaydigan ba’zi suvo’tlar va zamburug’larda uchraydigan ayrim jin- slilik. G. birinchi marta (1904) mukor zamburug’larda aniqlangan. Jinsiy or- ganlarining tuzilishi jihatdan keskin farq qiladigan ayrim har xil jinsli Oomisetlar va zamburug’lar ham g.ga mi- sol bo’la oladi. Zamburug’larda uchraydi- gan ikki jinslilik esa gomotallizm deb ataladi.