Getterlar

Getterlar(ing. getters),gaz yutuv- chilar — kimyoviy o’zaro ta’sir yoki ad- sorbtsiya natijasida gazlarni (inert gazlardan tashqari) bog’lash xossasiga ega moddalar. G. boshqa gazlar b-n ta’si- ri, kimyoviy faolligi, ularni eritish (absorbtsiya) yoki sirtida ushlab qolish xossalari b-n farqlanadi. G. vacuum asboblarida inert gazlarni qoldiq gaz- lardan, qo’shimchalardan va bug’lardan tozalashda ham qo’llaniladi. Sanoatda bug’lanadigan va bug’lanmaydigan g. ish- latiladi. Bug’lanadigan G. gazlarni as- bob devorlarida metalli ko’zgu hosil qilib bog’laydi. Bunday G. temir, nikel yoki mis sim yuzasidagi bariydan tashkil topgan bo’lib, tegishlicha (Feba, niba, Kuba) nomlanadi. Bug’lanmaydigan G. — tantal, titan, tsirkoniy, niobiy, toriy, shuningdek lantan, tseriy va b. Nodir ele- mentlar — asosan gazlarning erish yoki adsorbtsiyalanishi natijasida bog’laydi. Bunday G. asboblarga kukun holida joy- lashtiriladi yoki ulardan shu asboblar- ning ayrim qismlari yasaladi.