Geynsboro (Gainsborough) Tomas

Geynsboro (Gainsborough) Tomas (1727, Sadberi, Suffolk — 1788.2.3, London) — ingliz rangtasvir rassomi. 18-a. ingliz portret maktabining yirik namoyandasi. G. ijodini manzaralar chi- zish b-n boshlagan («Kornard o’rmoni», 1748), dastlabki portretlari samimiy jozibasi b-n ko’zga tashlanadi. 70-y.lar- da A. van Deyk, A. Vatto ta’sirida etuk portretchi-rassom sifatida shakllangan. Qahramonlari boy ma’naviyati, ichki er- kinlik, favqulodda holatlari b-n ajra- lib turadi. Ayniqsa, o’smirlar va ayollar jozibali va nozik tasvirlangan («ko’k kiyimli bola», 1770; «Sara Siddons portreti», 1784-85). Rasmlari orasida manzara va dehqonlar hayotidan ishlangan lavhalar muhim o’rin tutadi («bozorga borayotgan arava», 1786 va b.).