Gibbonlar
Gibbonlar (Hylobatidae) — kichik odamsimon maymunlar oilasi. Oldingi oyoqlari haddan tashqari uzun (yoyilgani- da 2 m gacha). Dumi yo’q, kichkina quymich qadog’i bor. 2 urug’i: asl g. (Hylobates) ra 6 tur, nisbatan yirik siamang yoki yopishgan barmoqlilar (Symphalangus) ra 1 tur (S. Syndactylus) kiradi. Asl G. erkagi tanasining uz. 40— 64 sm, vazni 4-8 kg, siamanglarniki — 47-60 sm, vazni 9,5—12,5 kg (20 kg gacha). Jin- siy dimorfizm yaxshi rivojlanmagan. Yungi qalin, rangi har xil: kulrang yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusdan qora rangga- cha (sidirg’a tusli g. va siamangda). Asl G.— Jan. Xitoy, Hindixitoy, Sumatra, Yava, Kalimantan o.larida; siamang esa Sumatra o. va Malakka ya. o.da tarqalgan. G. juft yoki 6 tadan, ba’-zan 20-30 tadan bo’lib daraxtlarda yashaydi, juda engil va tez harakat qiladi. O’simliklarning mevasi, barglari, kurtaklari, gulla- ri, hasharotlar, qushlarning tuxumi, jo’jalari b-n oziqlanadi. Uya qurmaydi, shoxlardagi qalin. barglar ustida uxlay- Di. Ovozi, ayniqsa katta bo’g’iz xaltala- riga ega bo’lgan qora g. va siamangda juda baland. Bo’g’ozlik dari 210-235 kun. 5— 10 yoshida jinsiy voyaga etadi, 30-35 yil yashaydi. Qalpoqchali gibbon (N. pileatus), bir xil tusli gibbon (N. concolor), Kloss gibbon (N. Klossii) xalqaro qizil kitob- ga kiritilgan.