Gibbs (Gibbs) Jozayya Uillard
Gibbs (Gibbs) Jozayya Uillard (1839.11.2 — Nyu-Xeyven — 1903.28.4) — amerikalik nazariyotchi-fizik, termodi- namika va statistik mexanika asoschila- ridan biri. Termodinamik jarayonlarni geometrik tushuntirish usulini ishlab chiqqan. Termodinamik potentsial usu- lini ishlatishni birinchi bo’lib boshlab bergan. Termodinamik potentsiallarni molekulyar-kinetik nazariyaga asosan tushunish imkoniyatini beradigan sta- tistik mexanikani vujudga keltirgan. G. yaratgan termodinamik sistemalar muvozanati nazariyasi — Gibss faza- lar qoidasini keltirib chiqardi. U bir qancha tenglamalar (g.— Gelmgols, G.— Dyugem, G.ning adsorbtsion tenglamasi) ni ishlab chiqqan. Statistik fizikaning asosiy qonuni — g. taqsimotini kashf etgan. Yorug’likning mexanik va elektro- magnit nazariyalari masalalari b-n ham shug’ullangan.