Gibbs paradoksi

Gibbs paradoksi (klassik mexanikada) — bir xil gaz holati o’zgarganda ham sistema enyaroliyasining o’zgarmay qolishi. Bir-biridan to’siq b-n ajratilgan idishdagi gazlar aralashti- rilganda ularning har biri kengayib, idishning butun hajmiga tarqaladi. Bunda sistemaning entropiyasi ortadi, chunki qaytmas jarayon sodir bo’ladi. Vaholanki, gaz bir xil bo’lsa, to’siqni olib tashlaganda sistemaning holati umuman o’zgarmaydi va sistema entropi- yasi ham o’zgarmaydi. Klassik mexanika asosida qilingan hisob ana shunday na- tijaga olib keladi. Kvant statistikada- gi zarralarning ayniylik printsipi g. p.ni hal qildi, ya’ni bir xil gazlar ara- lashganda entropiyaning o’zgarmasligini isbotladi.