Gibridologik taxlil
Gibridologik taxlil — or- ganizm irsiy xususiyatlarini dura- gaylash, so’ngra duragay avlod belgila- rini o’rganish usuli (q. Duragaylash). G.t. asoschisi — Chex tabiatshunosi g. Mendel (1828-84). G.t.da belgi ri- vojlanishida qatnashuvchi genlar soni (monogen yoki poligenligi), shuningdek ularning o’zaro ta’sir xarakteri, birik- kanlik darajasi, krossingover foizi, o’rganilayotgan belgilar buyicha shak- llarning geterozigotaligi aniqlanadi. G.t. o’simlikka tatbiq qilishdagi aso- siy tamoyillar: duragaylash uchun boshlang’ich ota-ona o’simlik sifatida g.t. qilinayotgan o’simlik (mas, g’o’za) genetic kollektsiyasining gomozigotali hamda o’rganilayotgan belgilari muqobil (ke- skin)lik holati b-n ajralib turadigan, o’zidan changlangan (inbred) liniyalari- dan foydalanish; ota-ona liniyalarini resiprok chatishtirish va birinchi AV- Lod — G’, duragayini olish; dominantlik xususiyati hamda belgi rivojlanishiga ona organizmning belgilovchi ta’sirini aniqlash; ikkinchi avlod G’2 duragaylari- ni va bekross ta’sirini o’rganish. Tahlil natijalari asosida belgining genetic tuzilishi to’g’risidagi farazni olg’a Su- rish; o’zidan changlangan G’2 va G’3 (Takro- riy chatishtirish — bekross natijasida olingan) avlodlarini keyingi bo’g’inlar davomida ota-ona genlari allellarining gomozigota holatiga keltirilgan turli juftlariga ega bo’lgan, nazariy kutil- gan liniyalar olingunga qadar o’rganish. Sharifjon To’rabekov.