Gidralar

Gidralar (Hydrida) — bo’shliqichlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar turkumi. Ko’pincha yakka, ba’zan vaqtincha koloniya hosil qilib yashaydi. Skeleti yo’q. Tanasi xal- taga uxshash, ichi kovak. Uz. 3 sm gacha. Tanasining ostki yassi tovonga uxshash tomoni b-n suvdagi narsalar (toshlar, usimliklar, mollyuskalar chig’anog’i va b.)ga yopishib oladi, tovoni urtasida torgina teshik bor. Tanasining yuqori uchida joylashadi og’iz teshigi paypasla- gichlar (4-20 ta) b-n o’ralgan. Tana devo- ri tashqi — ektoderma va ichki — Endo- dermadan iborat. Bu ikki qavatni yupqa tayanch plastinka (mezogleya) parda ajra- tib turadi. Ektodermada, ayniqsa pay- paslagichlarda kuydirish xususiyatiga ega bo’lgan juda kup otuvchi hujayralar buladi. Ular yordamida g. dushmandan himoyalanadi yoki tsiklop va b. mayda jo- nivorlarni tutib oladi. G. yil faslla- riga qarab jinssiz (kurtaklanib) yoki jinsiy usulda kupayadi. Ular Meduza hosil qilmaydi. Ayrim jinsli yoki Ger- mafrodit. Germafrodit G.da erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari tanasining turli qismlarida hosil buladi. Gonada- sida faqat bitta tuxum hujayra etila- Di. Tuxum hujayra tanasida urug’lanadi. Urug’langan tuxum hujayra o’z atrofiga qalin pust ishlab chiqarib tsistaga ay- lanadi va qishlab qoladi. Qishda ona G. nobud buladi. Bahorda esa zigotadan yosh g. rivojlanadi. G.ning 10 dan ortiq turi chuchuk suvlarda yashaydi. Chuchuk suv havzalarida asosan oddiy, ya’ni poyacha- siz gidra (Hydra vulgaris), poyachali, ya’ni qo’ng’ir gidra (Pelmatohydra oligactis), qorong’i joyda yashay olmaydigan yashil gidra (Chlorohydra viridisisima) va b. uch- raydi.