Gidratatsiya

Gidratatsiya – (qadimgi yunoncha: “suv”) – suv molekulalarining molekula yoki ionlarga biriktirilishi. Gidratsiya – solvatatsiyaning alohida holati – moddalar molekulalariga yoki ionlariga organik erituvchi molekulalarining qo’shilishi. Gidrolizdan farqli o’laroq, gidratsiya vodorod yoki gidroksid ionlarining hosil bo’lishi bilan birga kelmaydi. Suvli eritmalarda girdatatsiyalanish suvning erigan moddalar (gidratlar) bilan barqaror va beqaror birikmalarini hosil bo’lishiga olib keladi; organik erituvchilarda gidratlarga o’xshash solvatlar hosil bo’ladi. Gidratsiya eritmalardagi ionlarning barqarorligini ta’minlashga va ularning birlashishiga to’sqinlik qiladi. Gidratsiya elektrolitik disotsiatsiyaning harakatlantiruvchi kuchi – qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni ajratish uchun zarur bo’lgan energiya manbai hisoblanadi.