Gidravlik sakrash
Gidravlik sakrash — ochiq o’zanda oqayotgan suv sathining keskin (sakrab) ko’tarilib ketish hodisasi. Odatda suv oqimini gidrotexnika insho- oti (mas, to’g’on) teshigidan o’tkazish pay- tida yuz beradi. Teshikdan bosim osti- da zarb b-n to’lqinlanib chiqayotgan suv tinch oqish holatiga o’tayotganda kuzati- ladi. Dastlab suv sirtida paydo bo’lgan o’rkachlar ichida havoga to’yingan suv mu- rakkab aylanma harakatda bo’ladi, suv sathi keskin ko’tarilib ketadi. Keyin suv bir oz tinchlanib, me’yoriy satxda oqa boshlaydi. G. s. tufayli o’zan qirg’oqlari yuvilishi va o’pirilishi mumkin. G. s. nazariyasini gidravlika fani o’rganadi. G. era doir nazariy ma’lumotlar gidro- texnika inshootlarini loyihalashda asqotadi.