Gidroakustika

Gidroakustika (Yun. hydor — suv va akustika) — akustikaning suv osti lo- kasiyasi, aloka maqsadlari va b. uchun to- vush to’lqinlarining suv (ko’llar, dengiz- lar, okeanlar va b.)da tarkalish, qaytish va so’nish xususiyatlarini o’rga-nadigan bo’limi. Tovush suv ostida havodagiga nisbatan deyarli so’nmasdan uzoq maso- faga tarqala oladi. U mas, 500— 2000 Gts chastota oralig’ida suv ostida 15-20 km uzoqlikka, ut (ultratovush) cha- stotasi oralig’ida esa 3-5 km ga etadi. Tovushning suvda tarqalish uzoqligi suvning qovushoqlik xossasiga, tovush refraktsiyasiga, muhitning bir jinsli bo’lmasligiga bog’liq bo’ladi. Tovush ref- raktsiyasi (tovushning suv ostida juda katta masofaga tarqalishi hodisasi) sa- babchilari chuqurlik o’zgara borgan sari gidrostatik bosim, tuz miqdori va t-ra o’zgarib suv xossalari balandlik bo’yicha bir jinsli bo’lmasligidir. Natijada tovushning tarqalish tezligi chuqurlik bo’yicha o’zgara boradi; yuqorida tarqalish tezligi t-raning ko’tarilishi sababli ortadi, pastda esa chuqurlik ortishi b-n gidrostatik bosimning ortishi sababli tezlik ortadi. Shuningdek, tarqalish tezligi yil mavsumiga ham bog’liq (rasmga q.), qishda yozdagidan uzoqroqqa tarqaladi, chunki yozda suvning yuqori va pastki qatlamlari orasida t-ralar farqi bo’lgani uchun nurlar pastga tomon egilib, ancha energiyasini yo’qotadi. Agar tovush manbai va qabul qilgichini shu qatlamda joylashtirilsa, hatto o’rtacha tezlikdagi tovush (mas, massasi 1-2 kg bo’lgan kichik zaryadli portlash tovush- lari) ham yuzlab va minglab km masofa- larda qayd qilinishi mumkin. G. harbiy maqsadlarda, baliqchilikda, kemalarni boshqarish va b.da keng qo’llaniladi.