GIDROFOBIYA

GIDROFOBIYA (gidro… va Yunoncha phobos —cho’chish, qo’rqish), suvdan cho’chish —qo’rquv holati; bemorga bir qultum suv ichirilsa, suv ko’rsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutish muskullari tortishib qoladi, u qattiq cho’chib tushadi va og’riq sezadi. Quturish, qoqshol, isteriyada kuzatiladi. Davosi: asosiy kasallik davolanadi, asabiy-ruhiy qo’zg’alishni bosadigan dorilar buyuriladi.