GIDROKSILAMIN

GIDROKSILAMIN, NH2OH -rangsiz kristallar. Mol. m. 33,0298, rombik panjarali, 32″da eriydi, zich- ligi 1335 kg/m3 (10° da). G. issiqlik ta’siriga chidamsiz, gigroskopik modda, qizdirilganda (100° dan yu kori da) port- lashi mumkin. Parchalanganda ammiak, azot va suv hosil qiladi. Suv, metanol va etanol b-n turli nisbatda aralashadi, Le- kin efir va benzoldya erimaydi. G. kislo- tali muhitdagi suvli eritmada barqaror bo’lib, kimyoviy reaktsiyalarga oksidlovchi sifatida ham, qaytaruvchi sifatida ham kirisha oladi. Mas, temirni uch valent- li birikmalaridan ikki valentli, mis- ni ikki valentli birikmalaridan bir valentli va plutoniyni to’rt valentli birikmalaridan uch valentli birikma- larigacha qaytara oladi. Havo kislorodi G.ni sekin NO2 va N2O2 ga oksidlaydi. Suyuq holdagi g. faol oksidlovchilar b-n alangalanib shiddatli, brom, kaliy xromat, kumush nitrat va b. b-n sust re- aktsiya ga kirishadi. G. tarkibidagi azot va kislorod atomlarida bo’linmagan elektron juftlari borligi sabab- li mustahkam (barqaror) komplekslar hosil qiladi. Uning platina va nikel b-n hosil qilgan komplekslari 100° ga chidamli kam gigroskopik moddalardir. G. kuchli kislotalar b-n gidroksil-am- Moniy kationi tutuvchi tuzlar hosil qiladi, bulardan xlorid NH,OHC1, sulfat (NH3OH)2SO4 va perxlorat NH3OHC1O4 lar ahamiyatlidir. G. mo- lekulasidagi vodorod atomlari turli anorganik va organik krldiqlarga al- mashtirilishi mumkin. Natijada gi- droksilaminsulfonatlar, giponitrit- lar, giponitratlar olish mumkin bo’ladi. Sanoatda G. platina katalizatori ishti- rokida NO ni vodorod b-n qaytarib yoki nitrat kislotani palladiy ishtirokida gidrirlab olinadi. G. va uning Tuzla- ri oksimlar, gidroksim kislotalari va ba’zi b. moddalarni sintez qilishda qo’llaniladi. G. sulfati rangli fotova kinotasmada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi. G. perxlorati esa raketa qattiq yoqilg’isi uchun oksidlovchi- dir. G. va uning tuzlari zaharli.