Gidroliz

Gidroliz (gidro… va Yun. Lysis —ajralish, parchalanish) —moddalar b-n suv o’rtasida o’zaro ta’sir natija- sida turli birikmalar (kislota, asos va b.) hosil bo’lishi, jumladan (tuz- larda) ion almashinuv reaktsiyasi. G.ni qo’yidagi umumiy tenglama b-n ko’rsatish mumkin: A-V+N-on «± A-N+V-on, bu erda A—V —gidrolizlanuvchi modda (tuz), A—N (kislota). V—on (asos) — gidroliz mahsuloti. G. anorganik va organik birikmalarda ko’p tarqalgan muhim jarayondir. G. tuzlar, uglevod- lar, oqsillar, efirlar, yog’lar va b. turli sinfga mansub birikmalarda uchraydi. Tuzlar gidrolizlanishi massalar ta’- siri qonuniga bo’ysunadi. Ko’pchilik hollarda tuzlar gidrolizi qaytar reak- tsiyadir. G. natijasida erimaydigan yoki engil uchuvchan modda hosil bo’lsa, reak- tsiya tuz butunlay parchalanguncha davom etadi. Kuchsiz kislota b-n kuchli asos- dan tarkib topgan tuzlar gidrolizlan- ganda eritma ishqoriy muhitli bo’ladi: CH,COONa+HOH# <± C H , C O O H + N a + + O H — Kuchsiz asos b-n kuchli kislotadan tar- kib topgan tuzlar gidrolizlanganda esa eritma kislota muhitli bo’ladi: NH4C1+HOH <± NH4OH+H+C1. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan tar- kib topgan tuzlar to’la g.ga uchraydi: A12S3+6H2O=2A1(OH)3+3H2ST 2Ar+3S2-+6H2O=2Al(OH)3+3H2St. Kuchli kislota va kuchli asosdan tar- kib topgan tuzlar g.ga uchramaydi, ularning suvdagi eritmalari ney- tral bo’ladi. Muhitning kislotali yo ishqorli bo’lishini ta’minlaydigan bu- Fer eritmalar g. tufayli mavjud bo’la oladi. Bunday eritmalarning fiziolo- gik ahamiyati ham juda muhim — orga- nizmning normal hayot faoliyati uchun N+ ionlari doim birday kontsentrasiyada bo’lishi zarur. Er po’stining bir qancha geologik o’zgarishlari, minerallar hosil bo’lishi va tuproqning shakllanishi tuzlarning gidrolizlanishiga bog’liq. Tuzlarning gidrolizlanishi kimyo sanoa- tidagi ko’pgina muhim jarayonlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Organik birikma- larning gidrolizlanishi — ularning suv ta’sirida parchalanib ikki yoki un- dan ortiq modda hosil qilishi demak- dir. Organik moddalar aksari kislota yoki ishqorlar ishtirokida gidrolizla- nadi. Yana q. Gidroliz sanoati.