GIDROLOGIK HISOBLASHLAR

GIDROLOGIK HISOBLASHLAR — muhandislik yoki amaliy gidrologiya- ning bo’limlaridan biri. Alohida fan sifatida 19-a.ning 2-yarmida shaklla- na boshlagan. G.h.ning vazifasi Daryo- lar suv rejimining turli miqdoriy ko’rsatkichlari (suv sathi, suv sarfi, oqim moduli, oqim qalinligi, oqim ko- effisienti va b.)ning qiymatlarini hisoblash va aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat. G. h.da turli hisoblash usullari qo’llaniladi. Bunda matematik statisti- ka, ehtimollar nazariyasi, xaritagrafiya fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Kam yoki umuman o’rganilmagan daryolar- ning oqim me’yori (normasi), bahorgi- yozgi to’linsuv hamda kuzgi-qishki kam suvli davrlardagi oqim miqdorlari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, uning eng katta va eng kichik qiymatlari, loyqa oqiziqlari ko’rsatkichlari, t-ra rejimi, gidrokimyoviy ko’rsatkichlari va b. aniqlanadi.