GIDROLOGIK KUZATUV MANZILI

GIDROLOGIK KUZATUV MANZILI —suv manbalari (Daryo, ko’l, ka- nal, suv omborlari va b.)ning holati va tartiboti muntazam kuzatib bori- ladigan maxsus joy. U suv balandligi va haroratini o’lchash, qishki tartibot (muz qalinligi, muz ustidagi qorning balandligi)ni kuzatish, suvning to’lqinlanishi, tiniqpigi va muallaq zarrachalar tarkibi, uning qiyaligi, suv sarfini aniqlash uchun namuna olish, suv- dagi o’simliklarni kuzatish, gidrologik tartibot va yog’in to’g’risida ma’lumotlar to’plash, yog’in va qor qoplami ustida me- teorologik kuzatishlar olib borish va b. vazifalarni bajaradi. Shuningdek, muz hosil bo’lishi va yog’inni kuzatadi. Kuzatishlar gidrometeorologik st-ya va kuzatuv manzillari uchun tayyorlangan qo’llanma asosida yagona usul hamda bir xil asboblar yordamida olib boriladi. G.k.m.dan olingan ma’lumotlar qishloq va suv xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan gidrologik ba- shorat uchun asos bo’lib xizmat qiladi. G.k.m.lar ishini viloyat gidrologik boshqarmalari va Boshgidromet nazorat qilib boradi.