Gidrometriya
Gidrometriya (gidro… va me- triya) —gidrologiya fanining o’lchov qismi. Suv ob’ektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sar- Fi, suvning oqish tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlanish hodisalari, suv yuzasining nishabligi va b. o’lchash, kuzatish usullari va asboblar- ni ishlab chiqish hamda ularni bevosita amalga oshirish ishlari b-n shug’ullanadi. Qaysi suv turi o’rganilishiga qarab, g. atmosfera suvlari g.si —Gidrometeo- rologiya, er usti suvlari g.si — amaliy okeanografiya va Daryo g.siga, er osti suv- lari g.siga hamda sug’orish tizimlari- dan foydalanish jarayonida rivojlan- gan g.ning muhim sohasi — amaliy g.ga bo’linadi.