Gidrosulfitlar, bisulfitlar

Gidrosulfitlar, bisulfitlar —sulfit kislota H2SO3 ning nordon tuzlari, mas, KHSO3. G. quyidagi reaktsiyada hosil bo’ladi: K2CO3+2SO2+H2O-«2KHSO3+CO2T. H2SO3 ning aksari o’rta tuzlari — sulfitlarga qarshi o’laroq, barcha g. suvda yaxshi eriydi, eritmalarda havo kislorodi b-n sekin-asta sulfat- largacha oksidlanadi. Natriy yoki ka- liy g. qizdirilganda pirosulfit- lar (metabi-sulfitlar) hosil bo’ladi: 2KHSO3=K2S2O5+H2O. Natriy G. (NaHSO3) fotografiyada hamda turli materiallarni oqartirish maqsadida, kaltsiy g. Ca(HSO3)2 yog’ochdan tsellyulo- za olishda ishlatiladi.