GIDROTEXNIKA TUNNELI

GIDROTEXNIKA TUNNELI -ustki tuproq qatlamini qazib olma- gan holda er qobig’iga quriladigan er osti suv o’tkazgichi. G. t. grunt (tuproq) ni qazib ochish qiyin bo’lgan, aholi zich joylashgan yoki o’pirilib tushadi- gan tik nishabli erlarga, suv o’tkazgich chuqur joylashgan erlarga quriladi. Va- zifasiga ko’ra, energetika, irrigasiya, kema qatnovi, qurilish (gidrouzellar- ni qurishda vaqtinchalik suvni burish uchun) g.t.lariga bo’linadi. G. t. kesim yuzining shakli va o’lchamlari qurshab olgan tog’jinslaridan chiqadigan suv- ning harakatiga, tog’ning tik va yonlama bosimi qiymatiga qarab (oval, to’g’ri to’rtburchakli, teganasimon, taqasimon, doira) qabul qilinadi. Suv bosimi yuqori hududlardagi yirik gidrouzel- lar qurilishida g. t. bir necha bosqichli qilib quriladi. Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omboriga qurilgan g. t.ning diametri 12 m, uz. 774 m.